Rossiyada yosh go`dagi bilan qiyin ahvolda qolgan ayol O`zbekistonga qaytarildi
1317 12-04-2022 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining ma`lum qilishicha, Rossiya Federasiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vaqtda moliyaviy qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizga yordam ko`rsatilmoqda.
Shu kabi qiyin ahvolda qolgan asli farg`onalik B.N. Agentlikning Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga murojaat qildi.
Ma`lum bo`lishicha, B.N. oilasi bilan 2019 yilning noyabr oyida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federasiyasiga ketgan. Yosh ayol farzandi bilan turar-joy va mablag`siz qolib ketganligini ma`lum qilib, O`zbekistonga qaytishda amaliy yordam so`raydi.
Реклама на Unews
B.N. va uning farzandi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan O`zbekistonga qaytarildi.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.