Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning tez tayyorlanishining sababi aytildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ma’lumki, Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib, koronavirus vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ushbu tarixiy hodisa joriy yilning 11 avgust kuni yuz berdi. Vaksina ustida ish olib borayotgan boshqa davlatlar Rossiya vaksinani bu qadar tez tayyorlab, ro‘yxatdan o‘tkazganiga shubha bilan qaray boshladi. G‘arb davlatlari rus vaksinasining samarali ekaniga ishonmadi. Rossiyada koronavirus vaksinasining boshqalardan tez tayyor bo‘lishining boshqa sababi aytildi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

N.F.Gamaley nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi direktori, akademik Aleksandr Ginsburgning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinani tayyorlash COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan avval boshlangan. Bu haqda u “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz o‘lim darajasi hozirgi koronavirusdan ancha yuqori, taxminan 40 foiz bo‘lgan boshqa koronavirus – MERS`ga qarshi vaksina yaratish topshirig‘ini oldik. Bu ishni ikkinchi klinik sinov yakuniga qadar yetkazdik. 220 nafar ko‘ngilli bu vaksinani olishdi. U o‘zining xavfsizligi va yuqori immunitet chiqarishini ko‘rsatdi. Shu vaqtda COVID-19 pandemiyasi boshlandi. Shuning uchun MERS vaksinasi ustida ishlagan xodimlar COVID-19 ga qarshi vaksina tayyorlash uchun jalb qilindi”, degan olim.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, Rossiyada tayyorlangan vaksina “Sputnik V” deb nomlangan. U ro‘yxatdan o‘tkazilishi bilan 20 davlatdan 1 milliard doza uchun buyurtma tushgan. Rossiya bu vaksinalar birinchi navbatda ittifoqchi davlat Belarusga yetkazib berilishini ma’lum qildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий