Rossiya qator davlatlar turistlari uchun o‘z chegarasini ochishni rejalashtirmoqda
4070 30-05-2020 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashiga qator davlatlar turistlari uchun kirish cheklovlarini olib tashlash bo‘yicha taklif kiritdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.
"Ko‘plab davlatlar, iqtisodi turizmga bog‘liq bo‘lgan davlatlar o‘z chegaralarini ochayotgani haqida e’lon qildi. Biz nafaqat bizning davlatimiz ichida bo‘ladigan, balki atrofimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni ham muhokama qilishimiz kerak", - dedi Putin RF Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
Eslatib o‘tamiz, RF koronavirus tarqalishi fonida 27 martdan boshlab boshqa davlatlar bilan muntazam va charter aviatashuvlarni to‘xtatgan edi.
Реклама на Unews
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.