Rossiya oxirgi 10 yilda fuqarolikka qabul qilingan Markaziy Osiyoliklarni ham harbiy xizmatga jalb qilmoqchi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Rossiyada ushbu mamlakatda oxirgi o`n yilda fuqarolikni olgan shaxslarni, ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari — O`zbekiston, Qirg`iziston, Qozog`iston va Tojikiston vakillarini “qisman harbiy safarbarlik” doirasida harbiy xizmatga jalb qilish bo`yicha taklif tayyorlanmoqda.  

 

Bu haqda Milliy korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi, Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo`yicha kengash a`zosi Kiril Kabanov ma`lum qilgan. Uning fikricha, harbiy xizmatdan bo`yin tovlash nafaqat harbiy xizmatga majbur shaxsning, balki uning oila a`zolarining ham fuqarolikdan mahrum qilinishiga asos bo`lib xizmat qiladi.

Kiril Kabanovning fikricha, bu Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston hukumatlarining Rossiyadagi fuqarolarini urushda ishtirok etmaslik bo`yicha ogohlantirishlari uchun munosib javob bo`ladi.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий