Ronaldu yana qancha vaqt futbol o‘ynamoqchiligini aytdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

«Manchester Yunayted» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFAning The Best maxsus sovrinini qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men juda hurmat qiladigan tashkilot — FIFA tomonidan maxsus mukofot oldim. Men buning uchun oilamga ham rahmat aytmoqchiman. Tez orada yana ota bo‘laman. Tarixdagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish ajoyib va men bundan faxrlanaman.

Menda hali ham futbol o‘ynashga va gol urishga ishtiyoq bor. Besh yoshimdan beri futbol o‘ynayman. 37 yoshimda ham o‘zimni yaxshi his qilyapman. Men qattiq mehnat qilishda davom etaman va umid qilamanki, yana 4-5 yil o‘ynayman. Agar tanangizga yaxshi munosabatda bo‘lsangiz, u sizga kerak bo‘lgan narsani qaytarib beradi», — deydi Ronaldu.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий