Rizqimizga endi chigirtka balosi chang solyaptimi?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ijtimoiy tarmoqlarda Hindistonning aksariyat viloyatlari, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Afg‘oniston hududining katta maydonlarini chigirtka bosgani haqidagi habarlar tarqaldi. Ular qadimdan insoniyatga katta zarar va talafotlar yetkazib kelgan. Dunyoda chigirtkalar tufayli yiliga taxminan 250-270 milliard dollar miqdoridagi mahsulot yo’qotilishi ma'lum qilinadi. Bundan tashqari nabotot olami zararlanib, yam-yashil vodiylar cho‘lga aylanishi, ayrim hayvon turlariga qiron kelishi bashorat qilinadi. Mitti ochofat bu hasharot yo’lida uchragan narsani yamlamay yutaverishi, barcha organik moddalar bilan oziqlanishi olimlarni ham hayron qoldiradi. Bu esa o‘z navbatida ocharchilik, qahatchilik va qimmatchiliklarni keltirib chiqaradi.  Bu haquda "zarnews.uz" nashri xabar bermoqda.

Sinovli kunlarni boshdan kechiryapmiz. Insoniyat XXI asrning 20-yilini tashvishli qarshiladi. Dunyodagi pandemik vaziyat iqtisodiy barqarorlikka xavf solib turgan bir paytda bu ofat Osiyo halqlarini, qolaversa, butun dunyo ahlining ertangi kunga bo‘lgan ishonchini shubha ostida qoldirdi.

Qashshoqlik, muhtojlik, kambag‘allik eshik qoqmoqdami?

 

 Biroz vahimachimizmi yoki keyingi vaqtlarda xalqimizni sinovdan o‘tkazayotgan ketma-ket voqeliklar ta'siridanmi, ayrim davralarda shunday gap-so‘zlar quloqqa chalina boshlandi – Nurobod, Qo‘shrabot tumanlaridagi katta-katta yer maydonlarini chigirtka bosib ketganmish va yana hokazo...

Bu gap-so‘zlar qanchalik haqiqatga yaqin?

SHu kabi savollar bilan Samarqand veterinariya meditsinasi institutining iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti, agrokimyo,  tuproqshunoslik, o‘simliklar himoyasi va karantini kafedrasi katta o‘qituvchisi Salohiddin Ahmedovga murojaat qildik.

- Havotirlanishga hech qanday asos yo‘q, har doim yilning shu faslida bu mavzu bir marta bo‘lsa-da, ko‘tariladi. Bu yilgi gap-so‘zlarga esa tashqi omillar, ya'ni yaqin atrofimizdagi mamlakatlarda sodir bo‘layotgan voqealar sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.

Реклама на Unews

Odatda chigirtkalarning tuxumi tuproqda qishlaydi. Bahorda tuproqdagi tuxumlardan lichinkalar chiqadi. Ular ozuqa izlab kuniga 5-7 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin. Lichinkalik davri 36-40 kun bo‘lib, bu davrda lichinkalar 5 yoshni o‘taydi va yetuk hasharotga aylanadi. Bu holat iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi.

Chigirtkalarning fanga 20 mingdan ortiq turi ma'lum. Ammo ularning 50 turi o‘ta zararli. O‘zbekistonda bu hasharotlarning 250 turi uchraydi.  Respublikamizda asosan Osiyo yoki to‘qay chigirtkasi, Italiya yoki voha chigirtkasi hamda Marokash chigirtkalari uchrab, ular ozuqa tanlamaydi va barcha organik moddalar bilan oziqlanib ketaveradi. KHatto simyog‘ochlar, temir yo’l shpallari, bino va inshootlarning yog‘och qismlari, hayvonot olami vakillari bilan ham oziqlanishi boisidan o‘ta havfli guruhga mansub.

Ularning ko‘payishi asosan, ob-havo hamda tabiiy ko‘payish o‘choqlari sharoitiga bog‘liq. Qish va bahor oylarida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lsa, o‘sha yili zararkunandalar soni kamayadi. Chunki tuproqdagi tuxumlari nobud bo‘ladi. Yil qurg‘oqchil kelganda esa ularning soni ortib ketishi kuzatiladi.

Bu yil o‘lkamizda yog‘ingarchilik me'yorida bo‘ldi. Shuning uchun ham yuqoridagi gap-so‘zlar asossiz.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarining Amudaryo deltasi qamishzorlarida asosan to‘qay chigirtkasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarining qir-adirlarida voha chigirtkasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona vodiysining tog‘ yon bag‘irlarida esa Marokash chigirtkasi ko‘payishining tabiiy o‘choqlari mavjud. Ana shu tabiiy o‘choqlardan zararkunandalar tevarak-atrofga tarqaladi.

Ular chetdan kelgan emas.

O‘zbekistonda yiliga 700 ming gektardan 2 million gektargacha bo‘lgan hududda chigirtkalar tarqalishi bashorat qilinadi. Ba'zi yillari, ayniqsa, yog‘ingarchilik kam bo‘lgan, qurg‘oqchil yillarda ular ommaviy ko‘payib, aholi punktlariga, sug‘oriladigan maydonlarga ham hujum qilishi mumkin.

Har yili muntazam iyul-avgust oylarida chigirtkalar ko’payadigan tabiiy o’choqlar entomolog olimlar, agronom va nazoratchilar tomonidan tekshirilib, 1 metr kvadrat maydondagi lichinkalar miqdori aniqlashtirilib, kartaga tushiriladi. Erta bahorda kurash ishlari shu karta asosida tabiiy o’choqlardan boshlanadi.

Joriy yilda har doimgidek, viloyatimizning Nurobod tumanida, Jomboy va Bulung‘ur tumanlarining G‘o’bdin massivida va Qo’shrabot tumani tog‘ yon bag‘irlarida viloyat chigirtkaga qarshi kurash uyushmasi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat o’simliklarni himoya qilish boshqarmalari mutaxassislari tomonidan kimyoviy kurash ishlari olib borildi. Respublikamizda shu kungacha 350 ming gektardan ortiq, viloyatimizda esa 70 ming gektardan ortiq maydonga kimyoviy ishlov berildi.

Dunyoda bu zararkunandaga qarshi kurashda eng samarali usul - kimyoviy usul hisoblanadi. Jumladan, respublikamizda ham bu usuldan foydalaniladi.

Chigirtkalar asosan cho’l, qir-adir va tog‘ yon bag‘irlarida, aholi yashash punklaridan olis joylarda ko’payadi va shuning uchun ham kimyoviy moddalar ishlatilishi odamlar salomatligiga va tabiatga zarar yetkazmaydi. Ikkinchidan, hozirgi vaqtda qo’llaniladigan insektitsidlar 5-7 kun ichida to’liq parchalanib ketadi.

Реклама на Unews

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti olimlari bu zarakunandalarga qarshi kurash borasida dunyo e'tirofidagi ishlarni bajarishgan. Misol uchun, professor M.I.Kosobusskiy Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Eronda, dotsent V.I.Deryabin Afrika mamlakatlari (YAman va Marokashda), Kubada, dotsent L.N.Balayan Afg‘onistonda chigirtkalarga qarshi kurash ishlariga boshchilik qilgan.

Institutning o‘simliklarni himoya qilish kafedrasida mudirlik qilgan V.A.Lebedov sobiq Ittifoq o‘simliklar karantini xizmatiga 20 yildan ortiq boshchilik qilgan. Professor G.Savzdarg esa 20 yildan ortiq “Zaщita rasteniy”, “Zaщita i karantin rasteniy” ilmiy jurnallarining bosh muharriri bo‘lgan. Mazkur kafedraga mudirlik qilgan yana bir olim A.Maxmatmurodov hozirgi kunda qishloq xo‘jalik ekinlari zararli organizmlariga qarshi kurash ishlarini takomillashtirishda professorlar F.Khoshimov va E.Umurzoqovlar bilan birgalikda qator ilmiy-amaliy ishlarni olib bormoqda. Keyingi 10 yil davomida kafedra olimlari tomonidan 2-tomli “O’simliklarni biologik himoya qilish” darsligi, 10 dan ortiq monografiyalar chop etildi.

Institutning  iqtidorli  olimlari, tadqiqotchilari ayni kunda ham viloyat chigirtkaga qarshi kurash uyushmasi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat o‘simliklarni himoya qilish boshqarmalari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий