Rekord: bitta kaptar 1 million 600 ming yevroga sotildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Belgiyada kaptar rekord qiymatda sotildi. Auksiondagi boshlang‘ich bahosi 200 yevro edi, yakunda esa savdo 1 million 600 ming yevroda to‘xtadi, deya xabar berdi «MIR 24» telekanali, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Rekordchi Yangi Kim deb nomlanadi. Tezkor pochtachi kaptar ikki yoshda. Qush uchun qizg‘in kurash boshlandi. Dastlab unga Janubiy Afrikadan kelgan xaridor da’vogarlik qilgan bo‘lsa, biroq bahsga ikki nafar xitoylik ham aralashdi. G‘olibning nomi oshkor qilinmayapti. Biroq shunisi ma’lumki, oldingi rekordchi kaptar — Armando ham unga tegishli: qushni 1 million 252 ming yevro sotib olgan.

Xitoyda kaptar poygasiga qiziqish tufayli tez uchar kaptarlarning bahosi birdan ko‘tarilib ketdi. Ayniqsa, ushbu sport turining an’anaviy markazi hisoblangan Belgiya qushlariga talab yuqori.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий