Ramzan Qodirov namoyishga chiqqan ayollarning yaqinlarini urushga yubordi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov tezkor shtab yig‘ilishida respublikada safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urush davrida 20 ming chechen jangovar harakatlarda qatnashgan, shuning uchun Checheniston allaqachon «o‘z rejasini 254 foizga ortig‘i bilan bajargan».

Checheniston rahbari 21 sentyabr kuni Grozniyda ayollarning urushga qarshi mitingi haqida ham gapirdi. Uning qayd etishicha, norozilik bildirgan 40 nafarga yaqin ayolning yaqinlari allaqachon Ukrainaga jo‘natilgan. Shuningdek, u mitingga chiqqan har qanday odam yoki ayol bo‘lsa — ularning eri yoki bolalari urushning «oldingi safiga» yuborilishi bilan tahdid qilgan.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий