Qozog`istonda xodimlari bilan raqsga tushgan hokim jazolandi (video)
5331 19-06-2020 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Qozog`iston Respublikasining Qarag`anda viloyati Jayrem tumani hokimi Amanqazi Naukenov o`z qo`l ostidagilar bilan birga raqsga tushgani uchun hayfsan oldi. Madaniyat va san`at xodimlari kuni munosabati bilan video ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan edi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.
Karajal shahar hokimiyatidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, videoda “Jayremskiy go” AJ kasaba uyushma qo`mitasi raisi, Jayrem tumanining madaniy-hordiq markazi direktori va ushbu tashkilotning bir nechta xodimlarini ko`rish mumkin.
Ushbu tadbir mamlakatda ommaviy tadbirlarni o`tkazishga qo`yilgan taqiqni buzgan holda o`tkazilganligi sababli hokimga nisbatan intizomiy jazo qo`llanilgan.
Реклама на Unews
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Qozog`istonda 16 351 kishi koronavirusga chalingan. Sog`ayganlarning soni 10 195 nafarni tashkil etayotgan bo`lsa, 105 bemor vafot etgan.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Реклама на Unews
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.