Qoraqalpog`istonda 24 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o`z oilasiga qaytarildi-Ombudsman

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bosh prokuratura tomonidan Qoraqalpog`istonda bo`lib o`tgan voqealarni mustaqil ravishda o`rganayotgan Komissiya a`zolari taklifi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi iltimosnomasiga ko`ra, 24 nafar gumonlanuvchini jamoat kafilligi asosida o`z oilasiga qaytarildi. Ularga nisbatan belgilangan qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida jamoatchilik nazorati va uy qamog`i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirildi.

Bunda ushbu fuqarolarning Qoraqalpog`istonda bo`lib o`tgan voqealarda sodir etgan qilmishlaridan pushaymon ekanligi, qaramog`ida voyaga etmagan farzandlari borligi, shuningdek, oilaviy sharoiti og`ir ekanligi, ba`zi shaxslarning oilada yolg`iz boquvchi bo`lganligi e`tiborga olindi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий