Qo‘qon hokimi aholining uylari devorlarini shaxsan o‘zi oqlab berdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri hokimi fuqarolarning xonadonini shaxsan o‘z oqlab berdi. Bu haqda OAVda xabarlar va suratlar tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, hokim Marufjon Usmonov 2-«Shaldiramoq» mahallasidagi obodonlashtirish ishlarida shaxsan o‘zi qatnashgan va aholining uylari va daraxtlarini oqlashda bosh-qosh bo‘lgan.

Xususan, hashar davomida Bahmalbop ko‘chasida yashovchi Soliyevlar oilasida katta hashar ishlari amalga oshirilib, bir uy bir dahliz va oshxona qurilishi boshlangan. Oila vakillari ishga joylashtirilgan va ushbu uyda yashovchi, xonadonning kattasi Hasanjon Soliyevning to‘yi homiylik asosida o‘tkazib berilishi tax’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahrida prokuror oqlanmagan devorlar uchun dakki eshitgan edi. Shundan so‘ng u lavozimidan ozod etilgani ham xabar qilingan edi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий