Qirg`iziston chegarasida yana mojaro. Bu safar o`q ham uzilgan
8372 03-06-2020 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Qirg`iziston-Tojikiston chegarasida yana qurolli kelishmovchilik bo`lib o`tdi. Xabar qilinishicha, bugun tunda, 2 iyundan 3 iyunga o`tar kechasi Botkent tumanining Eki-Tash hududidan o`tgan chegarada o`qotar qurol ishlatilgan. Tojikiston tomonidan noma`lum shaxslar Qirg`iziston fuqarosining mashinasi tomon ov qurolidan o`q uzgan. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.
Bu vaqtda qirg`izistonlik erkak O`sh-Isfana yo`lida harakatlanib ketayotgan bo`lgan. U yaralandi va ayni vaqtda kasalxonada davolanmoqda. Hodisa joyida milisiya xodimlari ish olib boryapti. Chegara xizmati tomonidan xabar qilinishicha, hozirgi vaqtda vaziyat barqaror.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.