Qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat sabab 140 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
1184 17-09-2022 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Qirg‘izistonning Botken viloyatining chegara hududlaridan 136 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda viloyat rahbarining birinchi o‘rinbosari Marufxon To‘layev ma’lum qilgan.
Xabarlarga ko‘ra, Botken va Leylek tumanlari chegaradosh qishloqlarining barcha aholisi xavfsiz joylarga ketishga majbur bo‘lgan.
«Ular O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati hokimligi ruxsati bilan So‘x anklavidagi yo‘lak orqali olib chiqildi», – deb yozmoqda «Sputnik Qirg‘iziston» nashri.
Реклама на Unews
Ijtimoiy tarmoqlarda esa So‘x anklavida yashovchi o‘zbekistonliklarning qochib o‘tayotgan qirg‘iz fuqarolariga non tarqatayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yuz bergan to‘qnashuvda 24 kishi halok bo‘ldi, 103 nafari yaralandi.
Tojikiston tomoni jabrlanganlar haqida ma’lumot bermadi.
Реклама на Unews
Ayni vaqtda Qirg‘iziston va Tojikiston MXDQ rahbarlari chegaradagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha yangi muzokaralar olib borayotgani xabar qilingan.
Uchrashuvning Isfara tumani, Qulkand mahallasida bo‘lib o‘tayotganini xabar qilindi. Unda har ikki davlatning Milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari – Saymumin Yatimov va Kamchibek Tashiyevlar qatnashmoqda.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.