Qashqadaryoda qishloq xo‘jalik boshqarmasi amaldori qo‘lga olindi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.A. va Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi Chiroqchi uchastkasi boshlig‘i S.A. fuqaro B.E.ga tanishlari orqali tumandagi «Ch.Ch.» fermer xo‘jaligi dala maydonidan davlat dasturiga kiritilgan quduqni qazib ishga tushirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий