Qarshida 13 nafar o‘smir is gazidan zaharlandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga 19 dekabr kuni soat 06:50 da is gazidan zaharlangan jami 13 nafar o‘smir keltirilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar qildi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahridagi xususiy o‘quv markazlaridan biriga tegishli yotoqxonada gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik mazkur noxush hodisaga sabab bo‘lgan.

O‘smirlarning hammasi o‘g‘il bola. Eng kichigi 11, eng kattasi 14 yoshda. Ularning 3 nafari og‘ir, 5 nafari o‘rta og‘ir holda shifoxonaga keltirilgan bo‘lsa, qolganlariga ambulator sharoitda tibbiy yordam berilgan.

Реклама на Unews

Ko‘rsatilgan tibbiy xizmatdan keyin ularning barchasining ahvoli yaxshilangan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий