Poytaxt chorrahalarida fuqarolar tomonidan kameralar o`rnatilib, qoidabuzarliklar qayd etilyaptimi? Tarqalayotgan xabarlarga oydinlik kiritildi
3333 10-12-2020 1 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
"Poytaxtimiz katta chorraxalarida ayrim bir fuqorolar kameralardan foydalanib yo`l harakati qoidalarining buzilish holatlarini aniqlab YHXBga yuborishmoqda" degan ma`lumotlar tarqalmoqda.
Toshkent shahar transport boshqarmasi ushbu tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi “Toshkent shahar yo`lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 157-sonli qaroriga muvofiq, poytaxt ko`chalarida yo`lovchilar va transport vositalari oqimini o`rganishni nazarda tutuvchi "Toshkent shahri transport va yo`l-transport infratuzilmasining bosh rejasi"ni ishlab chiqish bo`yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan, xodimlar tomonidan katta chorraxalarda transport vositalari hisobi yuritilmoqda hamda yo`lovchilar soni aniqlanib borilmoqda. Buni amalga oshirish uchun, ko`chma kameralardan foydalanilmoqda.
Реклама на Unews
Shuni ta`kidlash joizki, mazkur tadqiqot ishlarida foydalanilayotgan kameralar yo`l harakati qoidalarining buzilish holatlarini aniqlashga mo`ljallanmagan.
Shu sababdan, poytaxt ko`chalarida o`tkazilayotgan tadqiqot ishlari to`g`risida internet tarmoqlarida tarqalgan noto`g`ri ma`lumotlarga ishonmasligingizni so`rab qolamiz, deyiladi xabarda.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.
Nima sababdan znaklani orqasiga berkitib qo'yilvotti unda kamerala, moshinalani yo'lovchilani oqimini bilish uchun berkinib olib ish ko'rish shartmikin???