Poytaxt chorrahalarida fuqarolar tomonidan kameralar o`rnatilib, qoidabuzarliklar qayd etilyaptimi? Tarqalayotgan xabarlarga oydinlik kiritildi

"Poytaxtimiz katta chorraxalarida ayrim bir fuqorolar kameralardan  foydalanib yo`l harakati qoidalarining buzilish holatlarini aniqlab YHXBga yuborishmoqda" degan ma`lumotlar tarqalmoqda.

Toshkent shahar transport boshqarmasi ushbu tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi. 

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi “Toshkent shahar yo`lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 157-sonli qaroriga muvofiq, poytaxt ko`chalarida yo`lovchilar va transport vositalari oqimini o`rganishni nazarda tutuvchi "Toshkent shahri transport va yo`l-transport infratuzilmasining bosh rejasi"ni ishlab chiqish bo`yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan, xodimlar tomonidan katta chorraxalarda transport vositalari hisobi yuritilmoqda hamda yo`lovchilar soni aniqlanib borilmoqda. Buni amalga oshirish uchun, ko`chma kameralardan foydalanilmoqda.

Реклама на Unews

Shuni ta`kidlash joizki, mazkur tadqiqot ishlarida foydalanilayotgan kameralar yo`l harakati qoidalarining buzilish holatlarini aniqlashga mo`ljallanmagan.

Shu sababdan, poytaxt ko`chalarida o`tkazilayotgan tadqiqot ishlari to`g`risida internet tarmoqlarida tarqalgan noto`g`ri ma`lumotlarga ishonmasligingizni so`rab qolamiz, deyiladi xabarda. 

 
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 12-12-2020 cayot

    Nima sababdan znaklani orqasiga berkitib qo'yilvotti unda kamerala, moshinalani yo'lovchilani oqimini bilish uchun berkinib olib ish ko'rish shartmikin???

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish