Peskov: Putin avvaldan Yelizaveta II ning dafn marosimida qatnashishni rejalashtirmagan

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yelizaveta II ga bag‘ishlangan xotira tadbirlarida ishtirok etishni rejalashtirmagan, dedi Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Prezident ta’ziya telegrammasi yuborganini bilasiz, prezident boshidanoq xotirlash yoki boshqa tadbirlarda ishtirok etishni rejalashtirmagan edi”, dedi Peskov OAVda Rossiya, Belarus va Myanmaning dafn marosimiga taklif etilmagani haqidagi xabarlarni izohlar ekan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Londondagi elchixonasi Rossiya rasmiylari Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning o‘limi munosabati bilan protokol tadbirlarida ishtirok etishni rejalashtirmaganini ma’lum qilgandi.

Реклама на Unews

19 sentyabr kuni Vestminster abbatligida dafn marosimi bo‘lib o‘tadi.

 
 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий