O`zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro`ziboev braziliyalik raqibini 1-raundda nokautga uchratib, chempionlik kamarining egasiga aylandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Rossiyaning Moskva shahrida 12 sentyabr kuni Open FC 10 musobaqasi bo`lib o`tdi. Unda bir qator o`zbekistonlik yakkakurashchilar o`z ishtirokini o`tkazdi.

 O`rta vazn toifasida harakat qiladigan o`zbekistonlik jangchi Nursulton Ro`ziboev chempionlik kamari uchun Braziliya vakili Aleks de Pauloga qarshi bahs olib bordi. Nursulton birinchi raundda parter holatida raqibiga zarbalar seriyasini amalga oshirdi, hakam jangni to`xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.

Shu tariqa Ro`ziboev o`rta vazn toifasida Open FC promoushenining chempionlik kamariga ega chiqdi.

Реклама на Unews

Yana bir o`zbekistonlik yakkakurashchi Mashrabjon Ro`ziboev rossiyalik Aleksandr Jarkovni 1-raundning 18-soniyasidayoq nokautga uchratdi. Rahmatullo Sattorov esa Rossiya vakili Ilya Bochkovga yutqazib qo`ydi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий