O‘zbekistonda nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat berildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan FHDYO sohasiga oid yaxshilanish ishlari amalga oshirilishi belgilangan qaror tasdiqlandi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Qarorga ko‘ra, bola tug‘ilganda beriladigan suyunchi puli, dafn marosimi uchun bir marotabalik nafaqa pullarini olish uchun ma’lumotlar endi qo‘lma-qo‘l fuqarolarga berilmasdan, Pensiya jamg‘armasiga maxsus elektron tizim orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuboriladi.

Endilikda nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat etiladi. Masalan, kuyov Ahmedov kelin Shuhratova bo‘lsa, shunda kuyov Ahmedov-Shuhratov, kelin esa Ahmedova-Shuhratova bo‘lishi mumkin.

Реклама на Unews

“FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘ri va aktualligi doimiy ravishda tekshirib boriladi. Buning uchun FHDYO organlari xodimlari arxivdagi mavjud hujjatlarni elektron tizimga kiritilgan ma’lumotlar bilan solishtirish orqali nazorat qiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий