O`zbekistonda "COVID-19"ga chalinganlar keskin ko`payib ketgani haqida tarqalgan ovozli xabar egasi topib, suhbatlashildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvli xabarlardan birida tibbiyot xodimi COVID-19ga chalinish holatlari keskin ko`payib ketgani, qabulxonalarda oyoq qo`yishga joy yo`qligi, hatto yangi blok ochilayotgani, qolaversa, o`lim ko`rsatkichlari oshib borayotgani haqida gapirgan.

Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida ovozli xabar egasini topib, u bilan suhbatlashilgan.  

— Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida epidemiolog bo`lib ishlayman, — deydi Nilufar Umarova. — Bu ovozli xabarni shu yilning iyun oyi oxirida telegramdagi epidemiolog hamkasblarimiz uchun tor doirada ochilgan guruhda qoldirgandim. O`shanda yurtimizda haqiqatan ham pandemiyaning yangi to`lqini ovj ola boshlagan og`ir pallalar edi. Ammo qanday qilib bu audioyozuv tarqalib ketgani va nega oradan to`rt oydan ziyod vaqt o`tib e`lon qilinganiga o`zim ham hayronman. Chunki hozir yurtimizda xastalikka chalinish ko`rsatkichlari o`sha paytdagiga nisbatan ancha pasaygan. O`zim ishlayotgan shifoxonadayam kasallanganlar oqimi sezilarli darajada kamaygan.  

Реклама на Unews

 

Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi mutasaddilarining ta`kidlashlaricha, iyul-avgust oylarida muassasada 2 mingga yaqin bemor davolangan edi. Hozir esa 1100 nafar kishi muolaja olmoqda. Kuniga 80-90 nafar bemorni qabul qilinib,  ko`rsatkichlar kundan-kun kamaymoqda. Holat stabil.  

" – Kecha, ya`ni 2 noyabr sanasida mamlakatimizda koronavirus bilan kunlik kasallanish bo`yicha iyun oyidan buyon eng past ko`rsatkich qayd etilib, pnevmoniyaga chalinish holatlari aniqlanmadi. Xastalikni yuqtirganlar soni 272 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 58 nafari Toshkent viloyati, 104 nafari Toshkent shahri hissasiga to`g`ri keladi.  

Реклама на Unews

Ayni kunda Toshkent shahri va poytaxt viloyatida koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun faqat Zangiotadagi 1-son va 2-son shifoxonalar faoliyat ko`rsatatayotganini inobatga olsak, real vaziyat statistikalarda to`laqonli aks etgani yana bir bor anglashiladi", – deyladi Matbuot xizmati xabarida.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий