O`zbekistonda 1—6-sinflar uchun yangi Science fani joriy etiladi! U nimani o'rgatadi?
4390 08-11-2020 1 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
O`zbekiston ta`lim tizimida 2021/2022-o`quv yilidan boshlab 1—6-sinflarda tabiiy fanlarni o`zida jamlagan Tabiiy (Science) fanlar joriy etiladi. Bu haqda xalq ta`limi vazirligi qoshidagi Respublika ta`lim markazi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir qator rivojlangan xorijiy davlatlar ta`lim tizimida tabiiy fanlar (biologiya, geografiya, kimyo, fizika) 1—6-sinflarda Science dasturi asosida o`qitiladi.
Science fanlar ayni vaqtda o`qitib kelinayotgan 1—2-sinfda «Atrofimizdagi olam», 3—4-sinflarda «Tabiatshunoslik», yuqori sinflarda esa 4 ta alohida fanlar, ya`ni geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7-sinfdan boshlab) fanlarini o`zida birlashtiradi.
Реклама на Unews
«Tabiiy (Science) fanlarning afzalliklari va ahamiyati shundan iboratki, fan orqali o`quvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik ko`nikmalari rivojlanadi. Natijada PISA, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati kengayadi», — deyiladi xabarda.
O`zbekiston Xalq ta`limi huzuridagi Respublika ta`lim markazi tomonidan Tabiiy (Science) fanlar bo`yicha Milliy o`quv dasturi loyihasi yaratilib, muhokama qo`yilgan.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.
koproq kim otadi bu darsni