O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berish yakunlandi.

Qirg‘iziston Milliy energiyaxoldingi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 2021 yilga rejalashtirilgan elektr energiyasi to‘liq yetkazib berilganligi bilan bog‘liq. Ayni vaqtda tomonlar 2022 yilga rejalashtirilgan elektr energiyasi hisobidan import hajmini uzaytirish masalalarini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mamlakat Qozog‘iston bilan ham o‘zaro elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan va hozirda elektr energiyasi importi amalga oshirilmoqda.

Реклама на Unews

Bundan tashqari mamlakatga Turkmanistondan qilinadigan elektr energiyasi importi hajmi ham oshirilgan.
“O‘zbekiston Respublikasidan elektr energiyasi yetkazib berish tugallanishi munosabati bilan Turkmanistondan Qirg‘izistonga import qilinadigan elektr energiyasi hajmi oshirildi”, – deyiladi Qirg‘iziston Milliy energiyaxoldingi xabarida.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий