O`zbekiston elchixonasi Rossiyada bo`lib turgan va xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etmoqchi bo`lgan vatandoshlarni ogohlantirdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Rossiyaning Perm shahridagi o`zbek diasporasi rahbari shaxsan o`z vatandoshlarini Ukrainadagi urushga jalb qilayotgani to`g`risida xabar berilgandi. Ayni paytda O`zbekistonning Rossiyada elchixonasi vatandoshlarga bu borada ogohlantirish bilan chiqdi

 

O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko`ngilli batalonlar tuzish va/yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantiradi, bu harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

 

Diplomatik vakolatxonaning ma`lum qilishicha, Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yollanish)ga ko`ra xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanadi. Ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Реклама на Unews

 

Elchixona O`zbekiston Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etgangi to`g`risida xolis ma`lumotlar mavjud bo`lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O`zbekiston fuqarolarini ogohlantiradi.

"Elchixona yurtdoshlarimizni da`vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo`lishga chaqiradi", - deyiladi xabarda.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий