O‘zbekiston boshqaruv tizimida ayollar ulushi 33 foizga yetdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston boshqaruv tizimida ayollar ulushi 33 foizga yetgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida aytib o‘tdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Unga ko‘ra, yurtimiz bo‘yicha bir yarim mingga yaqin xotin-qizlar, turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida ishlayotgani ta’kidlandi. Xususan ayollar 6 ta tumanda hokim vazifasida, yuzlab hududlarda o‘rinbosar va maslahatchi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Yirik korxonalar, banklar va kompaniyalar, tadbirkorlik sub’yektlarini boshqarmoqda.

Shuningdek davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning ishtirokini kuchaytirish maqsadida 6 mingdan ziyod faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirilgan.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий