“Oltin to‘p” uchun shu paytgacha bu qadar ko‘p da’vogar bo‘lmagan – Drogba
2044 14-10-2021 0 СпортИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Angliyaning “Chelsi” klubi va Kot-d'Ivuar terma jamoasi sobiq hujumchisi Dide Drogba “Oltin to‘p” uchun kurash bu yil har yilgidan qizg‘inligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, hali sovrin uchun bu qadar ko‘p nomzodlar bo‘lmagan.
“Sovrin uchun kurash avjida. “Oltin to‘p” mukofoti uchun hali shu paytgacha bu qadar ko‘p da’vogarlar bo‘lmagan edi. Messi va Ronaldu doimgidek ular orasida, lekin qolganlarda ham imkoniyat ularnikidan kam emas. Biz yilning yakuniy qismidamiz va yaqin orada eng yaxshi futbolchi kim bo‘lganini bilib olamiz. Eng nufuzli individual sovringa bu qadar ko‘p haqli nomzodlarning borligi ajoyib”, deydi ivuarlik sobiq futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “France Football” nashri tomonidan “Oltin to‘p” mukofoti 29 noyabrda Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida topshiriladi.
Реклама на Unews
Avvalroq Fabio Kannavaro sovrin har qanaqasiga Messiga topshirilishi borasidagi fikr bildirgan edi.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.