Nurmat Otabekovda koronavirus aniqlandi
4952 29-07-2020 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovda koronavirus aniqlandi. Bu haqda u «Kun.uz» muxbiri bilan suhbatda ma’lum qilgan, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.
«Haqiqatda laboratoriya tekshiruvlari natijasida menda COVID-19 kasalligi borligi aniqlandi. Albatta, 4 oydan ko‘proq vaqt davomida koronavirusga chalinganlar bilan bilib-bilmasdan muloqotda bo‘lish natijasida bu kasallikni yuqtirib olibman.
Lekin jiddiy klinik belgilar kuzatilmay turib, laboratoriya natijalariga asoslangan holda shifoxonaga yotdim. Hozir muolajalar qilinmoqda. Xudo xohlasa tez orada sog‘ayib, safga qaytaman va koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok eta boshlayman», degan Nurmat Otabekov.
Реклама на Unews
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.