Nukusda 4500 AQSh dollari evaziga ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Nukus shahrida fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi. 

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro A.K.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali ichki ishlar organlari tizimiga ishga joylashtirib qo`yish evaziga 4 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий