Namanganda mehmonxona oldidagi Fransiya bayrog'i olib tashlangani yuzasidan rasmiy bayonot berildi!

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Namangandagi «Grand Sherdor» mehmonxonasi oldida ko‘tarilgan Fransiya bayrog‘i 28 oktyabr kuni olib tashlangani rad etildi. Bu haqda mehmonxona menejeri Komil Begmatovning so‘zlariga tayanib, «Daryo» xabar qildi.

Mehmonxona menejeri Komil Begmatovning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxona oldiga jami 7 ta — «Grand Sherdor», O‘zbekiston, AQSh, Qozog‘iston, Fransiya, Yevroittifoq va Rossiya bayrog‘i ilingan. Shuningdek, 28 oktyabr kuni soat 13:20 da mehmonxona oldidagi barcha bayroqlar, jumladan, O‘zbekiston bayrog‘i ham yechib olingan. Xabarda aytilishicha, bayroqlar shu kuni soat 16:30 da yuvilib, dazmollanib, qaytadan joyiga ilingan.
 
 
«Har oy yakunida mehmonxona oldida bayroqlar yechib olinib, yuvib, keyin joyiga ilib qo‘yiladi. Bu biz uchun odatiy jarayon hisoblanadi. Bayroqlar qatorida Fransiya bayrog‘i birinchi o‘rinda turgani uchun shunday shov-shuvlar tarqalib ketgan. Bayroqning kimdir tomonidan yulib, so‘ng toptab tashlangani haqidagi gaplar esa mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Chunki kuzatuv kameralari, qolaversa, qo‘riqchilar bor», — deydi Komil Begmatov.

Qayd etilishicha, mehmonxonani Fransiya bilan yaxshi aloqalar bog‘lab turadi. Shuningdek, 2019 yili ham bir guruh fransuz sayyohlari bu yerda bo‘lib, iliq taassurotlar bilan yurtiga qaytgan.

Avvalroq Asadjon Xodjayev jurnalist va blogerlardan diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarda provokatsiyaga berilmaslikni so‘ragani hamda IIV diniy ekstremistik ma’lumotlarni tayyorlash va tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatgani haqda xabar qilingandi.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring
 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий