Musulmonlari idorasi Ramazon oyining oxirgi jumasida o`qiladigan maxsus namoz haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ramazonning oxirgi jumasida o`qiladigan maxsus namoz" haqida turli mish-mishlar tarqalmoqda. 

Ushbu xabarlarga O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati munosabat bildirdi:

"Aslida, bu borada Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan naql qilib keltirilgan rivoyat to`qima bo`lib, uni tarqatish, rivoyat qilish yoki unga amal qilish mutlaqo joiz emas. Faqatgina uni to`qima ekanidan ogohlantirish maqsadida naql qilish mumkin.  

Реклама на Unews

Ushbu asossiz rivoyat haqida kelib tushgan savollarga O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati tomonidan o`tgan yili Ramazon oyida batafsil javob berilgan edi.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga nisbatan hadis to`qish yoki yolg`on rivoyatligini bilib turib, uni tarqatish gunohi kabira sanaladi. Turli asossiz ma`lumotlarni tarqatishdan saqlanaylik!"- deyiladi rasmiy munosabatda.

 

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий