Mirziyoyev 14 yilda ijarada yashagan oilaning yangi uyiga tashrif buyurdi (foto)

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Sergeli tumanida barpo etilgan 16 qavatli uyni borib ko‘rdi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Foto: president.uz

Реклама на Unews

Tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turgan bu imorat zamonaviy standartlar asosida zilzilaga bardoshli qilib qurildi. Devorlarida energiya tejovchi materiallardan foydalanilgan. Internet tarmog‘i, videokuzatuv va yong‘in xavfsizligi uskunalari bilan jihozlandi. Uy 2-3 xonali 80 ta xonadondan iborat bo‘lib, kam ta’minlangan va muhtoj oilalarga topshirilgan.

Foto: president.uz

Реклама на Unews

Davlat rahbari shu uydagi Sharofiddin va Shahnoza Jo‘raboyevlar xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi. Bu oila 14 yildan beri ijarada yashab kelayotgan edi.

Foto: president.uz

Oxirgi uch yilda Sergeli tumanida jami 19 ming 522 xonadonli 460 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. 26 ta namunaviy tipdagi mahalla guzarlari bunyod etildi.

Bolalar bog‘chalari, maktablar, poliklinika va boshqa ob’yektlar qurib, aholiga munosib sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий