M-39 magistral yo‘li bo‘yida tibbiy buyumlarni noqonuniy muomalaga kiritayotgan fuqaro ushlandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Do‘stlik tuman bo‘limi tomonidan Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda, fuqaro D.R. tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, tibbiy buyumlarni dorixona va ularning filiallaridan tashqarisida muomalaga kiritib, hech qanday hujjatlarsiz, umumiy qiymati 171,9 mln so‘mlik, 3 000 komplekt COVID-19 virusini aniqlovchi testlar, pulsoksimetr, maxsus tibbiyot kislorod maskasi va boshqa buyumlarni tuman hududidan o‘tuvchi M-39 magistral yo‘li bo‘yida sotayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan D.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий