Kuzatuv kameralariga tushib qolgan Buxorodagi ayanchli avariya. YHXBB munosabat bildirdi (video)

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida sodir bo`lgan  ayanchli avariyaning videosi tarqalgan edi,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

 Bu video lavhani mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirdi. 

Реклама на Unews

17 iyun kuni soat 15:45 larda, Buxoro viloyati, Qorako`l tumanida joylashgan Dehqon bozori oldida haydovchi J.R. “Lasetti” rusumli transport vositasini Qorako`l tumani, Ulug`bek ko`chasidan o`tgan 4R-75 avtomobil yo`li bo`ylab "Regihaydar-Paxtakor" yo`nalishida boshqarayotib, shu yo`lning 80,5 km.ga etganida ehtiyotsizligi tufayli qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib haydovchi M.N. boshqaruvida bo`lgan "Damas" rusumli transport vositasi bilan to`qnashgan.

To`qnashuv natijasida “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qorako`l tumani IIO FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Реклама на Unews

"Barcha haydovchilardan yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga rioya etishlarini, o`zi va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz" deyiladi xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий