Jastin Getji: Habib faoliyatini tugatdi, endi men birinchi raqamli jangchiman

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Amerikalik yakkakurashchi Jastin Getji UFC 254 musobaqasida Habib Nurmagomedovdan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi,  deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

«Mag‘lubiyat — bu hali yakun degani emas. Ikki bor mag‘lubiyatga uchraganman va hozir menga nazarga tashlang. Men shunchaki kamar uchun kurashdim. Dastin Porega 2018 yilda yutqazganimdan keyin mana shu darajadagi jangda qatnasha olishimga ishongan odamlar ko‘p emas. Men bunga ishondim, chunki musobaqalashishni juda yaxshi ko‘raman. Nega endi yo‘q? Habib faoliyatini yakunlaganidan keyin men birinchi raqamga aylandim», — deydi Getji.

Eslatib o‘tamiz, 24 oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tgan musobaqa asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий