Ikkinchi jahon urushidan qolgan ulkan bomba portladi (video)

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Polshada Ikkinchi jahon urushida samolyotdan tashlangan bomba kecha portladi. Bu haqda «Unilad» yozmoqda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Xabarga ko‘ra, 5,4 tonnalik bombaning tarkibida 2 400 kilogramm portlovchi modda bo‘lgan. Uni 1945-yilda buyuk Britaniya qirollik harbiy-havo kuchlari nemis kreyserini yo‘q qilish uchun tashlagan.

Shetsin portiga kiraverishda, salkam 80 yil suv tubida yotgan bomba 2019-yil sentyabrida aniqlangandi. 2020-yilning 14-oktyabr kuni mutaxassislar uni zararsizlantirishga borishdi. Maqsad bombani zararsizlantirish — portlovchi modda portlamasdan yonib ketishi kerak edi. Ammo reja o‘xshamadi.

Реклама на Unews

Polsha harbiy-dengiz floti vakili Gjegoj Levandovskining ta’kidlashicha, portlash oqibatida hech bir inson jabr ko‘rmagan, g‘avvoslar uzoqda bo‘lishgan, bomba esa endi yo‘q.

Zararsizlantirish ishlari arafasida 2,4 kilometr radiusdagi aholi vaqtincha boshqa joyga ko‘chirilgan.

«Uzoq yillik kimyoviy jarayonlar bombani xavfli holatga keltirib qo‘ygan, istalgan yengil zarba, tebranish, bosim natijasida portlab ketishi mumkin», — deya ogohlantirgandi Levandovski zararsizlantirish ishlari arafasida.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий