IIO xodimlaridan qochgan mast haydovchi Malibu’sini daraxtga borib urdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari talabini bajarmagan va mast holda mashina boshqargan haydovchi daraxtga borib urildi. Bu haqda YHXBB axborot xizmat xabar bergan, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Spirtli ichimliklar ta’sirida bo‘lgan Malibu haydovchisiga jarohat yetmgan. Ammo u voqea joyiga yetib kelgan YHXB xodimlarining talabini bajarmagan va uzoq vaqt davomida mashinasi ichida qulflanib o‘tirgan.

Haydovchining nimani o‘ylagani, qanday maqsadda Malibu ichida qulflanib o‘tirgani haqida boshqarma e’lon qilgan videoda aniq ma’lumot berilmagan.

Haydovchi muayyan vaqt o‘tgach, mashinadan tushgan va YHXB xodimlari bilan birgalikda tibbiy ekspertiza tekshiruvidan o‘tish uchun yo‘l olgan. Malibu esa evakuatorda jarima maydoniga olib ketilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий