Habib tez kunlarda UFC Prezidenti bilan uchrashadi
2628 30-11-2020 0 СпортИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
UFC Prezidenti Dana Uayt rossiyalik MMA jangchisi Habib Nurmuhamedov bilan uchrashadi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.
Uaytning o‘zi Nurmuhamedov bilan Abu-Dabida uchrashishini va muzokaralar olib borishini tasdiqlagan.
"Bu tez orada bo‘ladi. Vaqti kelganda sizga xabar beraman. Men Nurmuhamedov 30:0 hisobidagi rekord uchun qaytishiga ishonaman", degan Dana Uayt.
Реклама на Unews
Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji bilan kuch sinashdi va 2 raunddayoq g‘olib bo‘ldi. G‘alabasidan so‘ng Habib o‘z faoliyatini tugatgani haqida e’lon qildi.
Habib Nurmuhamedov UFC’dagi faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.