Habib futbolchilik faoliyatini boshlaydi — OAV

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedov faoliyatini futbolda davom ettiradi. Sportchi Rossiyaning ikkinchi divizioni klubi — Mahachqal’aning “Legion-Dinamo” jamoasi bilan shartnomaga imzo qo‘ydi.

Xabarlarga ko‘ra, Habib klub prezidenti Shamil Laxiyalov bilan shartnoma borasida kecha, 3 iyun kuni kelishuvga erishgan. Shartnoma esa bugun, 4 iyun tongida imzolangan. Biroq, hozircha maosh masalasi ochiqlanmadi.

Avvalroq Habib o‘zining Instagram sahifasiga futbol o‘ynayotgani tasvirlangan videoni joylagan, bunga esa Shamil Laxiyalov o‘z munosabatini bildirgan edi.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий