Gretsiya qirg‘oqlarida ichida 237 yo‘lovchi bo‘lgan kema yonib ketdi
1616 18-02-2022 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Ion dengizida, Gretsiya qirg‘oqlari bo‘ylab suzayotgan yo‘lovchi tashuvchi kema bortida yong‘in chiqdi. Kema bortida 237 nafar yo‘lovchi, shuningdek, 51 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, kema Igumenitsa (Gretsiya) va Brindizi (Italiya) yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
Fransiyaning France-Presse axborot agentligi xabariga ko‘ra, yong‘in 18 fevral, jumaga o‘tar kechasi boshlangan. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum. Kemada qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Реклама на Unews
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Italiyaning Euroferry Olympia kemasi. Hozirda kema bortidagi barcha yo‘lovchi sohilga olib chiqilgan.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.