G‘ijduvonda oliygoh talabasi o‘g‘irlik sodir qilgan

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

2022 yil 2 noyabr kunidan 16 noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, G‘ijduvon tumani Armechan mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadonida bo‘lgan shkaf ichidan umumiy bahosi 12.000.000 so‘mlik 1 dona erkaklar kumush uzugi, 1 dona ayollar tilla uzugi, 1 dona ayollar tilla to‘g‘nog‘ichi, 1 dona tilla zanjiri, 1 dona bijuteriya to‘g‘nog‘ichi hamda 1 juft bijuteriya ayollar ziraklarini o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumani Dilkusho mahallasida yashovchi 2004 tug‘ilgan Buxoro Davlat universitetining 1-bosqich talabasi B.U. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirgi kunda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий