Germaniyada 363 nafar chavandoz ishtirok etgan musobaqada o`zbek o`g`loni birinchilikni qo`lga kiritdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Shu yilning 9-10 iyun kunlari Germaniyaning Xagen shahrida joylashgan “Hof kasselman Hagen” ot sporti majmuasida ot sportining konkur, ya`ni to`siqlardan sakrash yo`nalishi bo`yicha o`smirlar o`rtasida CSIY “Future Champions” xalqaro musobaqasi bo`lib o`tdi.

Ushbu xalqaro musobaqada 22ta davlatdan tashrif buyurgan 363 nafar chavandoz ishtirok etdi. Musobaqaning dastlabki kunida ot sporti bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi, yosh va iste`dodli chavandoz Abdurahmon Abdullaev “Dukato” laqabli otida balandligi 140 sm bo`lgan to`siqlardan sakrash musobaqasida eng yuqori natija ko`rsatib, 1-o`rinni egalladi.

Musobaqaning ikkinchi kuni ham mohir chavandozimiz Abdurahmon Abdullaev uchun omadli keldi. U “Goforit” laqabli otida eng yaxshi natijalardan birini qayd etib, bu safar faxrli 2-o`rinni qo`lga kiritdi.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий