Feruza Babashevaning deputatlik vakolati muddatidan avval tugatildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bugun Xalq deputatlari O`rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi deputatlarning tashabbusi bilan chaqirilgan holda o`tkazilgan. 

Unda tuman Kengashining 30-“Uyshun” saylov okrugidan saylangan deputat Feruza Babashevaning deputatlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish masalasi ko`rib chiqilgan.

Eslatib o`tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda deputat ayolning behayo tasvirlar aks etgan video tarqalgan edi.

Реклама на Unews

Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashi “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo`yicha doimiy komissiya” raisi Dilorom Zulyorovaning axboroti eshitilgan.

Komissiya raisining axboroti va deputatlarning qo`shimcha taklif, fikr-mulohazalarini inobatga olib, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to`g`risida”gi Qonunning 3-moddasiga asosan, Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatish to`g`risidagi qarorni, sessiyada qatnashgan 24 nafar deputatdan 23 nafari yoqlab ovoz berishgan.

Shu tariqa sessiya ishida Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий