Farg‘onada 5 yashar o‘g‘lini sotayotgan ayol ushlandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Farg‘ona viloyatida bolasini 5 ming AQSH dollariga sotayotgan ayol aniqlandi. Bu haqda “Yangi davr” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Bosh prokuratua huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir ayol o‘zining 5 yoshli o‘g‘lini boshqa fuqaroga 5 ming AQSH dollari evaziga sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Departament xodimlari ayolni kelishilgan pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olgan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий