Dorixonalarda ustamalar 20 foiz o`rniga 93 foizgacha qo`llanilgani aniqlandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bugun AOKA zalida Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati rahbari Mohruxsor Tog`aeva ishtirokida o`tkakzilgan brifingda pandemiya davrida dori-darmon vositalari narxining oshishi bilan bog`liq masalalar yuzasidan ma`lumot berildi. Agentlik tomonidan respublikamizda viruslarga qarshi, immunitetni oshirish va boshqa maqsadlarga mo`ljallangan dori vositalari narxining oshib ketishini oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 Aholi talabi yuqori bo`lgan 91 ta savdo nomidagi dori vositalarini dorixonalarda mavjudligi va ularning chakana narxlari yuzasidan kunlik monitoring amalga oshirilib kelmoqda.

Joriy yil 23 iyuldan 9 oktyabrgacha 3 mingta dorixonada monitoring kuzatuvlari o`tkazildi.

Реклама на Unews

Agentlik tomonidan 140 ta dorixonada tekshirish va o`rganishlar o`tkazilgan bo`lib, shundan, 30 tasida belgilangan ustamalarni 20 foiz o`rniga 93  foizgacha qo`llanilgani, 17 ta holatda yaroqlilik muddati o`tgan, ro`yxatdan o`tmagan va kirim hujjati mavjud bo`lmagan dori vositalarini realizasiya qilish, 18 ta holatda lisenziyasiz faoliyat va boshqa kamchiliklar aniqlangan.

Qonunbuzarlik holatlari aniqlangan jami 28 ta dorixonaga ish qo`zg`atilib, ortiqcha olingan 2 million 800 ming so`m pul mablag`i iste`molchilarga qaytarilgan. Hamda lisenziya shartlarini qo`pol ravishda buzganligi holati bo`yicha hujjatlar mutasaddi tashkilotlarga yuborilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий