Dam olish kunlari harorat keskin o‘zgarishi kutilyapti

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Respublika Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Ushbu kunlarda Ramazon hayiti ham nishonlanishi kutilmoqda. 

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida bugun kunduz kuni, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda ertaga kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Реклама на Unews

1-2-mayda respublika hududiga Eron hududlaridan may oyining boshi uchun ancha juda issiq bo‘lgan havo kirib kelishi kuchayadi. Kunduz kunlari havo 32-34° gacha, respublika janubida 36-39° gacha isiydi. Bunday harorat foni meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun ushbu davrning eng yuqori haroratidan faqat 2-3° ga past bo‘ladi. Shu kunlarda faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qolgan hududlarda quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

3-4 mayda O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shmol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3 mayda ba’zi joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo harorati 22-25° gacha pasayadi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий