Chexiya va Niderlandiyada ham COVID-19 bilan kasallanganlar soni milliondan oshdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Chexiya va Niderlandiyada koronavirus yuqtirganlar soni bir milliondan oshdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Pandemiya boshlanganidan beri Niderlandiyada COVID-19 asoratlaridan 14,2 mingdan ortiq inson vafot etdi. Chexiyada esa ushbu ko‘rsatkich 16,6 mingdan ortiqni tashkil qilmoqda.

Butun dunyo bo‘ylab hozirda koronavirus yuqtirganlar soni 104 milliondan oshgan. Tuzalganlar soni 58 milliondan ortiq. 2 mln 268 mingdan ortiq inson COVID-19 asoratlaridan vafot etdi.

Реклама на Unews

Kasallanganlar soni AQShda 26,5 millionni, Hindistonda 10,8 mln, Braziliyada 9,3 mln ni tashkil qilmoqda. So‘nggi bir oy ichida kasallikning tarqalishi bo‘yicha o‘sish asosan Yevropa mamlakatlarida kuzatilmoqda.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий