Bugun Xalakov va Saidrahimovlar hal qiluvchi bahs uchun ringga chiqadi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Serbiyada o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida bugun yarim final bellashuvlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqichga terma jamoamizning ikki nafar vakili yetib kelgan.

Dastlab Toshkent vaqti bilan 18:00 da 60 kg vazn toifasidagi yosh vakilimiz Abdumalik Xalakov eronlik Doniyol Shohbaxshga qarshi ringga ko‘tarilsa, 5-noyabrga o‘tar kechasi 00:30 da Madiyar Saidrahimov amaldagi Olimpiada chempioni kubalik Xulio La Kruz bilan final yo‘llanmasi masalasini hal qiladi.

60 kg: Abdumalik Xalakov – Doniyol Shohbaxsh (Eron) (18:00 dan so‘ng)
92 kg: Madiyar Saidrahimov – Xulio La Kruz (Kuba) (00:30 dan so‘ng)

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий