Birinchi buklama noutbuk sotuvga chiqdi (foto, video)
3256 30-09-2020 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
«Lenovo» kompaniyasi planshet va noutbuk imkoniyatlarini jamlagan, dunyodagi ilk buklanuvchi noutbukka (ThinkPad X1 Fold) buyurtma olishni boshladi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.
Ushbu noutbuk taqdimoti 2020-yilning yanvar oyida o‘tkazilgandi.
Xuddi «Samsung Galaxy Fold» smartfoni kabi, «ThinkPad X1 Fold» ham bukiladi, ammo OLED-displeyi anchagina katta (13,3 dyuym).
Реклама на Unews
To‘liq yoyib qo‘yilsa, ulkan planshetga aylanadi.
Moslamaga qo‘yib, simsiz klaviatura ulasangiz — noutbuk.
90 darajaga buklasangiz — mini-noutbuk, displeyning quyi qismida ekran klaviaturasi paydo bo‘ladi.
Реклама на Unews
«Lenovo» taqdim etgan «planshetbuk»ning texnik imkoniyatlari ham yuqori: 11-avlod Intel protsesori, USB-C uchun ikkita port, sim-kartalar uchun slot, 8 GB tezkor xotira, 1 TBgacha ichki xotira, 50 vatt-soatlik akkumulyator. Shuningdek, 5G-tarmoqqa ulanish imkoniyati.
«The Verge» yozishicha, AQShda «X1 Fold»ga buyurtma berish — $2499. Kompaniya buyurtmalarni 4-5 hafta ichida yetkazishni boshlashini ma’lum qilgan.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.