Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi (FOTOGALEREYa)
2181 29-07-2021 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Xabar berganimizdek, bugun Yaponiyaning Tokio shahrida davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida bahslarga terma jamoamiz bayroqdori Bahodir Jalolov ham qo‘shildi.
U o‘zining olimpiadadagi dastlabki jangini ozarbayjonlik Muhammad Abdullayevga qarshi o‘tkazib, raqibini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Hamyurtimizning chorak finaldagi raqibi hindistonlik Satish Kumar bo‘ladi. Mazkur jang 1 avgust kuni Toshkent vaqti bilan taxminan soat 09:05larda boshlanadi.
Реклама на Unews
Quyida Bahodir Jalolovning ilk jangidan olingan eng yaxshi rasmlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.