“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga 5 mln so`mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Hukumat qarori (145-son, 31.03.2022 y.) bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizomga muvofiq, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
  • tadbirkorlik qilish istagida bo`lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
  • boquvchisi bo`lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
  • ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo`lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
  • uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
  • qaramog`ida nogironligi bo`lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.

 Tadbirkorlikni yo`lga qo`yish uchun xotin-qizlarga 33 mln so`mgacha 14 foizlik kreditlar:

Реклама на Unews

  • oilaviy tadbirkorlik uchun – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
  • chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
  • bog`dorchilik, uzumchilik va limonchilik uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.

 

Ayollarga 5 mln so`mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.

️Mazkur nizom tasdiqlanishi munosabati bilan “Ayollar daftari”ga oid ilgarigi vaqtinchalik tartib bekor qilindi.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий